Erik Kantona Aleks Fergyusonga to‘lovlar bekor qilinishi bo‘yicha qonunni tanqid qildi.
Avvalroq, «Manchester Yunayted» sobiq bosh murabbiyga klub elchisi sifatida ishlagani uchun maosh to‘lashni to‘xtatishi ma’lum bo‘lgandi.
"Ser Aleks Fergyuson umrining oxirigacha klubda xohlagan narsani qila olishi kerak.
Bunday hurmatsizlik menga ma’qul kelmadi. Bu shunchaki g‘alati. Ser Aleks Fergyuson doim mening xo‘jayinim bo‘lib qoladi!" – dedi “Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi.