Belarus terma jamoasi 15 noyabrga belgilangan Millatlar Ligasi o‘yiniga Shimoliy Irlandiyaga kiritilmasligi mumkin.
“Ushbu qaror hukumatning uzoq muddatli siyosati bo‘lib, odatda alohida holatlar bo‘yicha izoh bermaymiz. Har bir inson haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lmasak, Belarus futbol terma jamoasining barcha a’zolariga Buyuk Britaniyaga kirish rad etilishi mumkin”, deya xabar beradi BBC Britaniya Ichki ishlar vazirligi bayonotidan.
Shuningdek, Belarus terma jamoasiga vizalar tasdiqlanmasa, o‘yin Yevropa davlatlaridan biriga ko‘chirilishi ma’lum qilingan. Belarus va Shimoliy Irlandiya (0:0) o‘rtasidagi birinchi o‘yin bo‘lib o‘tgan Vengriyada ko‘rib chiqilmoqda.