"Shtutgart" yarim himoyachisi Angelo Shtiller "Bavariya"ga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Yo‘q. Hozir "Shtutgart"da o‘zimni juda qulay his qilyapman. Men savolni tushunaman, lekin hozirda ketish haqida o‘ylash uchun hech qanday sabab yo‘q", - deydi Shtiller.
Germaniyalik yarim himoyachi 2023 yilning avgustidan buyon "Shtutgart"da to‘p tepmoqda. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda o‘nta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.