"Yuventus" yozgi transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi.
Bunga hujumchi Arkadiush Milikning jarohati sabab bo‘ldi.
Todofichajes xabariga ko‘ra, "keksa sinyora" yanvar oyida "Everton"dan Dominik Kalvert-Lyuinning transferini yakunlashi mumkin.
27 yoshli forvardning mersisaydliklar klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024/2025-yilgi mavsum oxirigacha hisoblab chiqilgan.