"Man Siti" foydasiga sud qarori bo‘yicha Premyer-liga yig‘ilishi qoldirildi.
7 oktyabr kuni “shaharliklar”ning homiylar bilan ishlash qoidalari bo‘yicha Premyer-ligaga qarshi da’vosini sud qanoatlantirgandi.
Sud sherik tomonlar bitimlari bo‘yicha qoidalarni noqonuniy deb topdi va liganing ustun mavqei suiiste’mol qilinayotganini aniqladi.
«Siti» foydasiga qaror qabul qilinganidan keyin liga klublari shoshilinch yig‘ilish o‘tkazishi xabar qilingandi.
The Times nashrining yozishicha, dastlab shu payshanbaga belgilangan uchrashuv qoldirildi.
Qayd etilishicha, liga muammoning tez hal etilishiga umid qilgan, biroq hozirda klublarga bunday bo‘lmasligi haqida ma’lumot berilgan.