Shvesiya OAVsiga ko‘ra, Kilian Mbappe zo‘rlashda ayblangan.
Avvalroq, "Real" hujumchisi Shvesiyaga safari chog‘ida do‘stlari bilan tunab qolgan Stokgolm markazidagi mehmonxonada zo‘rlash haqidagi shikoyat yuzasidan polisiya tekshiruvi boshlangani ma’lum bo‘lgan edi. 10 oktyabr kuni Fransiyaning Isroilga qarshi Millatlar ligasi o‘yini kuni guruh restoran va tungi klubga tashrif buyurishdi — jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, mehmonxonadagi jinoyat shu kuni sodir bo‘lgan.
Mbappe bu ma’lumotni "soxta" deb atadi va bu xabar "PSJ"ning unga 55 million yevro miqdoridagi maosh qarzini to‘lash haqidagi apellyasiyasi bo‘yicha tinglovdan bir kun oldin paydo bo‘lganini ta’kidladi. Parij klubi Mbappening so‘zlarini "sharmandalik" deb atadi.
Shvesiya prokuraturasi bugun futbolchining ismini tilga olmay, zo‘rlash bo‘yicha shikoyatdan so‘ng dastlabki tergov boshlanganini e’lon qilgan press-relizni e’lon qildi.
Shvesiyaning TV4 telekanaliga ko‘ra, polisiyaga murojaat qilganida, jabrlanuvchi Mbappe tomonidan jinsiy tajovuzga uchragani haqida xabar bergan. Prokuratura fransuzga nisbatan tergov olib bormoqda.
Ta’kidlanishicha, ayol zo‘rlanganlar uchun shifoxona bo‘limiga yordam so‘ragan.
Ayni damda Mbappega Shvesiya polisiyasi tomonidan "asosli ravishda gumon qilinuvchi" maqomi berilgan. Bu Shvesiyada shubhaning eng past darajasi.