Yurtimiz mezbonlik qiladigan futzal bo‘yicha Jahon chempionati ishtirokchi terma jamoalarining musobaqaga tashrifi davom etmoqda. Bugun, 7 sentyabr kuni yana bir ishtirokchi – Kuba milliy terma jamoasi Buxoroga yetib bordi.
O‘FA va mahalliy tashkiliy qo‘mita vakillari Kuba milliy terma jamoasi delegasiyani kutib oldi hamda odatga ko‘ra, mehmonlarga esdalik sovg‘asi sifatida milliy do‘ppimiz sovg‘a qilindi.