"Manchester Siti"ning sobiq himoyachisi, hozirda futbol eksperti Mika Richards "Chelsi" futbolchisi Koul Palmerning Angliya termasidagi ideal pozisiyasi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Koul Palmerni qanotda qo‘llash to‘g‘ri. Men tushunmadydiganim Bellingemni nega terma jamoaning asosiy futbolchisiga aylantirmoqchi bo‘lishadi, lekin menimcha, sizda Foden yoki Palmerdek iqtidorli odam bo‘lganida, Judni hujumda qo‘llash to‘g‘ri yechim emas. Yevroda muhokama qilganimizdek, Bellingemni yanada orqaga qaytargan bo‘lardim", - deya Richardsning so‘zlarini keltiradi Chelsea News.