Erik ten Xag "Manchester Yunayted"ning mavsumning dastlabki uch oyidagi ko‘rsatkichi yomon bo‘lgani uchun bosim ostida qoldi. Hammasi niderlandiyalik mutaxassisning kelajagi keyingi ikki o‘yinda aniqlanishi tomon ketmoqda.
Transfer News Live nashrining xabar berishicha, agar jamoa Premyer-ligada "Brentford" va Yevropa Ligasida "Fenerbaxche"ga yutqazsa, “qizil iblislar” ten Xagni ishdan bo‘shatadi.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" ayni damda Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoaning navbatdagi o‘yini 19 oktyabr, shanba kuni "Brentford"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.