Argentinaning “San-Lorenso” klubi Moskvaning SSKA klubi darvozaboni Igor Akinfeev xizmatlariga qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda jurnalist Bruno Alikata ijtimoiy tarmoqda.
Manbaga ko‘ra, darvozabon Moskva jamoasining afsonasi, shu bois bu transferning amalga oshishi qiyin.
Eslatib o‘tamiz, 38 yoshli darvozabon SSKA tarbiyalanuvchisi bo‘lib, butun professional faoliyatini poytaxt klubida o‘tkazgan, barcha turnirlarda 784 o‘yin o‘tkazib, 325 marta darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.