“An-Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu shartnomasini uzaytirgach, Saudiya Arabistoni klubining egasiga aylanishi mumkin, deb xabar bermoqda Marca.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi poytaxt klubining besh foiz ulushini olishi mumkin. Avvalroq OAVda 39 yoshli futbolchi moliyaviy sharoitni saqlab qolgan holda (mavsumiga 200 million yevro) joriy mavsum oxirigacha amal qiladigan shartnomasini yana bir yilga uzaytirishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.