"Atalanta" murabbiyi Jan-Pyero Gasperini "Yuventus" (1:1) bilan uchrashuvdan so‘ng o‘z darvozaboni Marko Karnesekkining o‘yini haqida maqtovli fikr bildirdi.
"U aql bovar qilmaydigan darajani namoyish etmoqda va natijaga olib keladigan eng muhim qutqarishlarni amalga oshirmoqda. U bizning muvaffaqiyatimizning muhim qismiga aylandi, Marko har doim, hatto darvozaga hech narsa tahdid solmaydigan paytlarda ham tayyor turadi. O‘ylaymanki, u dunyodagi eng yaxshi darvozabonlardan biriga aylanish uchun hamma narsaga ega, faqat oyoqlar bilan o‘yinni yaxshilash kerak, qolgani esa ajoyib," - deya Gasperini so‘zlarini keltirmoqda Sky Sport Italia nashriga.
24 yoshli italiyalik futbolchi joriy mavsumda "Atalanta" safida 26 ta o‘yin o‘tkazgan, shundan 10 tasida Karnesekki o‘z darvozasini daxlsiz saqlagan.