"Milan" hujumchisi Luka Yovich faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Insayder Nikolo Skira xabariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchining agenti Fali Ramadani "Monako" bilan shartnoma shartlarini muhokama qilmoqda.
"Rossonerilar" o‘z hujumchisini tekinga qo‘yib yuborishga tayyor, chunki ular bu orqali maosh fondini 3 million yevroga qisqartirishi mumkin.