"Monsa" hujumchisi Daniele Maldini faoliyatini A Seriyaning boshqa jamoasida davom ettirish imkoniyatiga ega, deya xabar berdi Nikolo Skira.
Manbaga ko‘ra, 23 yoshli italiyalikni "Atalanta" va "Fiorentina" qishdayoq o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. "Monsa" hujumchisini hozir qo‘yib yubormoqchi emas.
Yozda Maldinining tovon puli 12 million yevro bo‘ladi. Transferdan tushgan foydaning yarmi "Milan" hisobiga o‘tkaziladi.