Italiya futbolida o‘n to‘qqizinchi turning qoldirilgan o‘yinlari bo‘lib o‘tdi, "Milan" "Komo"ga tashrif buyurdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. G‘alaba golini Rafael Leau kiritdi, o‘yindan so‘ng portugaliyalik hujumchi o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu jamoaviy o‘yin, biz hammamiz oxirigacha birga ishladik va qiyin damlarda ham taslim bo‘lmadik. Zaxira sifatida maydonga tushgan o‘yinchilar maydonga qo‘shimcha energiya olib kelishdi va bu biz uchun o‘yinni osonlashtirdi", deydi Leau.
"Milan"ning Italiya chempionatidagi navbatdagi o‘yini hafta oxirida "Yuventus"ga qarshi bo‘ladi