Italiya futbolida o‘n to‘qqizinchi turning qoldirilgan o‘yinlari bo‘lib o‘tdi, "Milan" "Komo"ga tashrif buyurdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
"Milan" himoyachisi Emerson Royal uchrashuv natijasi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Maydonga chiqish uchun juda ko‘p harakat qildim. Murabbiy o‘yinlarni yaxshiroq boshlashimiz kerakligini aytdi. Hammamiz bir jamoa bo‘lib o‘ynasak, biz kuchliroq bo‘lamiz", - dedi himoyachi.
Italiya chempionatidagi navbatdagi o‘yinda "Milan" Turinning "Yuventus" jamoasiga qarshi o‘ynaydi, bu 18 yanvar, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.