Portugaliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Fernandu Santush Krishtianu Ronalduni JCH-2026 da ishtirok etishi haqida gapirdi.
Mutaxassisga ko‘ra, Ronaldu hali ham dunyoning eng yaxshi futbolchisi.
“To‘g‘risini aytsam, men u oxirigacha shunday yuqori darajada to‘p tepishini avvaldan bilardim. U hali bo‘lajak jahon chempionatida ishtirok etib, Portugaliya yana bir titul yutishi uchun bor kuchini ishga solishiga ishonaman. Krishtianu – dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Boshqa gap bo‘lishi mumkin emas”, – deydi u.
Ma’lumot uchun, Santush 2014–2022 yillarda Portugaliya terma jamoasi murabbiyi lavozimida faoliyat olib borgan. Uning davrida terma jamoa Yevro-2016 g‘olibi bo‘lgan.