Ruben Kano Antuan Grizmanning o‘yini haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Nega u hech qachon "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritmaganini tushunmayapman. U jahon chempioni va vise-chempioni bo‘ldi, "Atletiko" bilan unvonlarni qo‘lga kiritdi... Qolaversa, imkonsiz bo‘lib tuyulgan Luis Aragonesdan o‘zib ketib, klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Hech kim bu yutuqdan oshib keta olmaydi.
Shuningdek, uning uzatmalari sonini ham hisobga olish kerak. U ikki oyog‘ida ham bir xil o‘ynaydi, markaziy hujumchi bo‘lmasdan ko‘p gol uradi, ajoyib ruhiy va texnik fazilatlarga ega...
Uning xizmatlari munosib e’tirof etilmadi. Agar "Atletiko" Chempionlar ligasida g‘olib chiqsa, ular "Oltin to‘p"ni olishlari kerak va men bundan xursand bo‘laman, chunki men ularning ashaddiy muxlisiman. Garchi ko‘pchilik bunday nuqtai nazarga ega bo‘lsa-da", - dedi "Atletiko"ning sobiq hujumchisi.