"Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uoker Angliya Premyer-ligasining "Brentford"ga qarshi o‘yinida ishtirok etmaydi. Bu haqda jurnalist Jek Gogan xabar berdi.
Avvalroq 34 yoshli futbolchi "Milan"ga o‘tishga yaqin turgani, shu sababli u jamoasining navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Bugun, 14 yanvar kuni Angliya Premyer-ligasining 21-turidan o‘rin olgan "Brentford" – "Manchester Siti" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.