"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa vingeri Ansu Fati o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
— Jarohatdan keyin u o‘zini 100 foiz ko‘rsata olmadi. Bu achinarli. Fati yuqori formada bo‘lishiga ishonchim komil edi. Men o‘z futbolchilarim bilan halolman. Fati ham hamma kabi ishlashi kerak", deya Flik so‘zlarini keltiradi «Barca Times».
Joriy mavsumda 22 yoshli Fati barcha turnirlarni inobatga olgan holda sakkizta o‘yinda maydonga tushdi.