"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Liverpul" o‘z fikrini o‘zgartirib, yanvar oyida Trent Aleksandr-Arnoldni sotishiga umid qilmoqda, deb yozadi The Athletic.
Manbaga ko‘ra, Madridning "Real" klubi yanvar oyidagi transfer oynasida Trentdan tashqari boshqa o‘yinchi bilan shartnoma imzolamoqchi emas. Biroq, bu "Liverpul" o‘ng qanot himoyachisini sotishga rozi bo‘lgan taqdirdagina mumkin.
Avvalroq "Liverpul" himoyachini sotishdan bosh tortgani, muhokama qilingan summa 20-25 million yevro, boshqa versiyaga ko‘ra – 15 million bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Ingliz klubi futbolchining 2025 yilning yozida tugaydigan shartnomasini uzaytirmoqchi.