"Barselona" prezidenti Joan Laporta La Liganing Dani Olmo va Pau Viktorni mavsumning ikkinchi qismiga ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etgani haqida gapirdi.
Ma’lum qilinishicha, liga rahbariyati VIP-joylarni sotish bo‘yicha bitim bo‘yicha "Barselona" hisobvaraqlariga pul mablag‘lari tushumi hujjatlarini taqdim etishni talab qilgan.
Eslatib o‘tamiz, ikkala futbolchi ham vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tgan, lekin faqat Oliy sud tufayli.
- Qoidalarda pul olganimizni isbotlashimiz kerakligi ko‘rsatilmagan. Biz bir kompaniyadan mablag‘ olish uchun hujjatlarni taqdim etdik, qolgan qismini esa faqat 3 yanvar kuni oldik. Garchi bitim 1 yanvargacha yopilgan bo‘lsa-da", - deya tushuntirdi Laporta jurnalistlarga.