"Aston Villa" qishki transfer oynasida hujumchi Jon Duranni sotishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Ko‘pgina Yevropa klublarining jiddiy qiziqishiga qaramay, "Villa" barcha takliflarni rad etdi. Klubning bu qarori futbolchi bilan yaqinda imzolangan yangi shartnoma bilan bog‘liq bo‘lib, u jamoasi bilan hamkorlikni 2030 yilning iyuniga qadar uzaytirgan.
Dyuran 2024/25 yilgi mavsumda "Aston Villa" safida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urgan.