Tiago Motta va Paolo Vanoli bir o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.
Eslatib o‘tamiz, "Torino" - "Yuventus" (1:1) uchrashuvining 55-daqiqasida zaxira o‘rindig‘i yonida ommaviy janjal sodir bo‘lgandi. Ushbu epizoddan keyin Fabbri ikkala murabbiyni ham maydondan chetlatdi.
A Seriya voqeani ko‘rib chiqib, Motta va Vanolini bir o‘yinga diskvalifikasiya qilishga qaror qilganini e’lon qildi.