"Barselona"ning braziliyalik hujumchisi Rafinya Diasning ahvoli haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli futbolchi Ispaniya Superkubogi finalida "Real"ga qarshi o‘yinni (5:2) oyog‘idagi noqulaylik tufayli yakunlay olmadi.
Ammo Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Rafinya hozirda o‘zini yaxshi his qilmoqda va u "Betis"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda ishtirok eta oladi.