Kecha "Manchester Yunayted" Angliya kubogi 3-bosqichida penaltilar seriyasida (5:3, asosiy vaqt - 1:1) g‘alaba qozondi.
"Mankunianliklar" 62-daqiqada Diogo Dalot maydondan chetlatilganidan keyin o‘n kishi bilan qoldi.
Qolaversa, 69-daqiqada Kay Xavers Xarri Maguayr bilan to‘qnash kelganda yiqilganidan keyin "Manchester Yunayted" darvozasiga penalti belgilandi.
Martin Edegorning zarbasini Altay Bayindir qaytardi. O‘yindan so‘ng “Yunayted” o‘z tvitterida “adolat” so‘zi yozilgan xabar qoldirdi.
The Times jurnalisti Martin Zigler xabariga ko‘ra, mamlakat futbol assosiasiyasi bu tvit uchun klubga nisbatan intizomiy choralar ko‘rmaydi.