Maks Aarons "Bornmut"dan "Valensiya"ga o‘tdi.
Ispaniya klubi 25 yoshli himoyachini joriy mavsum oxirigacha ijaraga oldi.
Shartnoma sotib olish opsiyasini nazarda tutadi. Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, “Valensiya” futbolchini 7,5 million funtga sotib olishi mumkin.
Maks Aarons joriy mavsumda Premyer-ligada 3 ta o‘yinda maydonga tushdi.