"Roma" hujumchisi Artyom Dovbik A Seriyaning 20-turida "Bolonya"ga qarshi o‘yinda (2:2) gol urdi.
90+8-daqiqada 27 yoshli ukrainalik futbolchi penaltini aniq amalga oshirdi va yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Bu gol Dovbik uchun Yevropaning top-5 ligasi (APL, A Seriya, La Liga, Bundesliga yoki Liga 1)dagi 30-gol bo‘ldi.
U Yevropaning eng yaxshi 5 chempionatlarida ukrainalik to‘purarlar uchligiga kirdi.