Kelgusi hafta "Barselona" himoyachisi Ronald Arauxoning kelajagi masalasida hal qiluvchi hafta bo‘ladi.
Relevo xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar yaqin orada 25 yoshli urugvaylik futbolchi bilan vaziyatga oydinlik kiritish uchun uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Shartnomani uzaytirish bo‘yicha tomonlarning pozisiyalari bir-biridan uzoqda qolmoqda va "ko‘k-anorranglilar" Arauxoning 2026 yilning yozida erkin agent sifatida ketishiga ruxsat berishni istamaydi.
Shu sababdan ayni damda urugvaylikning transferi amalga oshishi mumkin.