Daniya terma jamoasi sardori va "Milan" sobiq markaziy himoyachisi Simon Kyayer 35 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
Daniyalik sobiq futbolchi professional faoliyatini 2004 yilda o‘z vatanida "Yutx" jamoasida boshladi. Shundan so‘ng u "Midtyulland", "Volfsburg", "Roma", "Lill", "Fenerbaxche", "Sevilya", "Atalanta" va "Milan" kabi klublarda to‘p tepdi.
U Daniya terma jamoasida 132 ta o‘yinda 5 ta gol urdi.