"Barselona" yetakchisi Rafinya Dias Ispaniya Superkubogida g‘alaba qozonish muhimligi haqida gapirdi.
“Mavsumdagi birinchi chempionlik biz uchun juda yaxshi. Ispaniya Superkubogidagi g‘alaba bizga mavsumning qolgan qismida ishonch bag‘ishlaydi", - deya Rafinyaning so‘zlarini keltiradi Marca.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli braziliyalik Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona” Saudiya Arabistonida “Real”ni mag‘lub etgan (5:2), Rafinya esa ikkita gol urgan o‘yinda eng yaxshi futbolchi sifatida e’tirof etilgan edi.