Antonio Konte "Napoli"ning A Seriyadagi yetakchiligi haqida gapirdi.
20 uchrashuvdan keyin neapolliklar hisobida 47 ochko bor.
"Maktominay va ayniqsa Lukakuning kelishi katta ta’sir ko‘rsatdi va biz 3-4-2-1dan 4-3-3ga o‘tdik. Ba’zi o‘yinlarda hatto 4-2-2-2 bo‘ldi, Skott Romeluga yaqinroq joylashdi.
Biz ko‘p mehnat qilamiz, men jamoaning mashg‘ulot o‘tkazayotganini va kuchayib borayotganini ko‘rmoqdaman. Bu esa murabbiyni ham, futbolchilarni ham quvontiradi, chunki biz o‘sib boryapmiz, o‘z qobiliyatimizga ishonchimiz ortib bormoqda va meni ko‘proq quvontiradigan narsa shuki, bunda butun jamoa ishtirok etmoqda.
Lobotka beshta o‘yinga maydonga tusha olmagani va Buondjorno jarohat olgani uchun Gilmor va Juan Jezus o‘zlarini ishonchli o‘yinchilardan ko‘ra ko‘proq isbotladilar. Spinazzola mavsumni qiyin boshladi, ammo hozir yaxshi.
Imkoniyat berilsa, o‘yinchilar to‘g‘ri munosabatda bo‘lishlari muhim. Mening ixtiyorimda 22 nafar futbolchi bor va ular har qanday vaziyatda nima qilish kerakligini bilishlari kerak", - dedi "Napoli" ustozi.