"Vitoriya Gimaraynsh" klubining o‘ng qanot himoyachisi Albertu Koshta "Yuventus"ga o‘tadi. Turinliklar 12 million yevrolik rasmiy taklif tayyorladilar. Bu Lissabonning "Sporting" klubi taklif qilganidan ko‘proq, deya xabar beradi jurnalist Fabrisio Romano.
Tomonlar kelishuvga yaqin, 21 yoshli futbolchining o‘zi ham "byankonerlar"ga o‘tish bo‘yicha kelishuvni tasdiqlash arafasida. Albertu Koshta ushbu mavsumda "Vitoriya Gimaraynsh" safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali portugaliyalik himoyachining narxini 1 million yevroga baholamoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.