Portugaliyalik afsonaviy hujumchi Krishtianu Ronaldu hali hamon gollar urishdan to‘xtamayapti.
39 yoshli forvard Millatlar ligasi doirasidagi Polshaga qarshi o‘yinda gol urib, o‘zining butun faoliyati davomidagi 906-golini kiritdi.
«OneFootball» xabariga ko‘ra, Diyego Maradona va Zlatan Ibrahimovichning gollari soni qo‘shilsa, bu natijaga yetishi mumkin.
«An-Nasr» uchun joriy mavsum o‘tkazgan 9 ta o‘yinida Ronaldu 8 ta gol urdi va 3 ta assist berdi.