"Barselona" yarim himoyachisi Pedrining akasi Ispaniya Superkubogi finalidagi hakamlar ishidan noroziligini ochiq aytdi. "Ko‘k-anorranglilar" yulduzining akasi kataloniyaliklarning yirik 5:2 hisobidagi g‘alabasiga qaramay, xursand bo‘lmadi.
"Sizlar shunchaki dahshatlisizlar. "Real Madrid" muxlislari eng yaxshi holatda. Hatto ikkinchi divizion o‘yinlarida ham ishlashga ruxsat berilmasligi kerak. Xil Mansano hech qachon hech narsani ko‘rmaydi va agar VAR bo‘lmaganida u "Barselona"ning penaltisini e’tiborsiz qoldirgan bo‘lardi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, xayrli tun!" - deb post qoldirdi Fernando Pedri.
"Barselona" mavsumdagi ilk sovrinini va hozirgi bosh murabbiy Xans-Diter Flik qo‘l ostidagi birinchi sovrinini qo‘lga kiritdi.