"Barselona" markaziy himoyachisi Pau Kubarsi professional faoliyatidagi ilk sovrinni qo‘lga kiritdi. 17 yoshli futbolchi Ispaniya Superkubogi finalida “ko‘k-anorranglilar”ning “Real”ni mag‘lub etishiga yordam berib, sovrinni boshi uzra baland ko‘tardi. Uchrashuv 5:2 hisobida yakunlandi.
"Hayotimdagi klub bilan birinchi sovrinimni qo‘lga kiritganimdan juda xursandman. Ayniqsa, tashqaridan tarqalayotgan barcha mish-mishlarni hisobga olsak, bu g‘alaba bizga juda kerak edi", - dedi yosh markaziy himoyachi intervyuda.
Pau Kubarsi Kataloniya grandining asosiy tarkibida 52 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, shulardan 28 tasi joriy mavsumda bo‘lgan. 22 yanvar kuni vunderkind bola 18 yoshga to‘ladi.