"Roma" "Inter" futbolchisi Tajon Byukenenga qiziqish bildirmoqda.
Il Messaggero nashri xabariga ko‘ra, rimliklar sport direktori Floran Gisolfi "Inter" bilan transfer bozoriga oid bir qancha masalalarni muhokama qilish uchun yaqinda Milanda bo‘lgan edi.
Ta’kidlanishicha, bunda nafaqat Frattezi, balki Byukenenning transferi uchun ham ishtirok etgan. "Inter" 25 yoshli yarim himoyachini sotib olish shartisiz ijaraga berish niyatida emasligini aniq aytdi.
Byukenen joriy mavsum A Seriyada 4 ta o‘yin o‘tkazdi.