Xames Rodriges yana Yevropani tark etadi.
TUDN nashri xabariga ko‘ra, "Rayo Valyekano" bilan shartnomasini bekor qilgan yarim himoyachi Meksikaning "Leon" klubi bilan kelishuvga erishganini xabar bermoqda. Ta’kidlanishicha, bu "millionlab dollarlik shartnoma".
Kolumbiyalik futbolchi keyingi haftada yangi klubiga kelishi kutilmoqda va uning shartnomasi 2025 yilning oxirigacha amal qiladi va uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud. Rodriges JCH-2026 uchun yaxshi formada bo‘lishni istamoqda.
Xames joriy mavsumda La Ligada 6 ta o‘yinda gol ura olmadi.