Hujumchi Artyom Dovbikning "Roma"ga o‘tishida vositachi bo‘lgan italiyalik futbol agenti Valerio Juffrida ukrainalik futbolchining "Atletiko Madrid"ga o‘tishidagi muvaffaqiyatsizlik haqida gapirdi.
"Bu qiyin transfer bo‘ldi. Mening akam Gabriele bu haqda ko‘proq biladi, chunki u bir kechani Jirona, keyin Trigoriya (Rim) ofislarida o‘tkazdi.
Dovbikka “Atletiko Madrid” qiziqayotgan edi.
Ammo Artyom har doim faqat "Roma"ga o‘tish istagida bo‘lgan, chunki u bu klub bilan instinktiv aloqani his qilgan. Rimliklar ham o‘z navbatida katta moliyaviy harakatlarni amalga oshirdi. Rimliklar uni o‘z jamoasi uchun muhim hujumchiga aylantirdi", - deya Juffridaning so‘zlarini keltiradi Italiyaning Tuttomercatoweb nashri.