"Manchester Siti" himoyachisi Natan Ake jamoadoshi Kayl Uokerning ketishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Bu biz uchun jiddiy yo‘qotish. U xarakterga ega muhim futbolchi. Bundan tashqari, u shunchaki yaxshi yigit, men u bilan o‘zimni qulay his qilaman. Ko‘ramiz, nima bo‘ladi", - deya Ake so‘zlarini keltiradi jurnalist Jo Bray.
Oldinroq "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Uoker boshqa chempionatga qo‘yib yuborishni so‘raganini aytgandi.