"Chelsi"ning sobiq futbolchisi va hozirda "Empoli" sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi Tino Andjoringa "Torino", "Atalanta" va "Napoli" klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Nikolo Skira xabar bermoqda.
Hozircha uchta klub 23 yoshli futbolchini faqat kuzatib borishmoqda va futbolchi uchun "Empoli"ga hech qanday taklif jo‘natishmagan. Biroq Nikolo Skiraning qayd etishicha, "Chelsi" futbolchining keyingi transferidan 50 foiz ulushini oladi.
Anjorin joriy mavsum A Seriyada 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.