"Barselona" prezidenti Joan Laporta Ispaniya Superkubogi finalida "Real" bilan bo‘lajak o‘yin haqida gapirdi.
"Finalda bunday jamoalarning borligi uni o‘ziga xos qiladi, biz "Real" bilan o‘ynashga o‘rganib qolganmiz, o‘yinni butun dunyo tomosha qiladi. O‘ylaymanki, o‘yin ham hayajonli bo‘ladi, avvalgi barcha o‘yinlar singari, "El-klasiko" futbolda darajani o‘rnatadi, bu shubhasiz jahon miqyosidagi o‘yin", - deya Laporta so‘zlarini keltiradi Marca.