"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning joriy mavsumda duch kelgan inqiroz sabablari haqida yana bir bor gapirdi.
Shanba kuni "shaharliklar" Angliya kubogida "Salford Siti"ni mag‘lub etishdi (8:0) - bu ularning ketma-ket uchinchi g‘alabasi. Bungacha Gvardiola shogirdlari 13 uchrashuvda bor-yo‘g‘i bir marta g‘alaba qozonib, 9 marta mag‘lubiyatga uchragan.
"Muammolarimizning sababi shundaki, bizda zaxira tarkibi yo‘q edi. Futbolchilarimizning 60 foizi jarohat olgan. To‘rt-besh nafar himoyachimiz hech qachon birga ikkita mashg‘ulot o‘tkazmagan - bu mavsumdagi muammo shu. Shuning uchun biz ushbu yoki keyingi transfer oynasida tarkibni yana bir necha o‘yinchi bilan kuchaytirishga harakat qilyapmiz", - deya ispaniyalik murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi City Report nashri.