"Napoli" yaqinda jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan vinger Xvicha Kvarasxeliyaning o‘rnini to‘ldirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
Yaqinda ishonchli manbalar gruziyalik futbolchi "PSJ" bilan kelishuvga erishgani haqida xabar bergan edi. Jurnalist Saymon Mallokning yozishicha, "Napoli" Kvarasxeliya o‘rniga "Manchester Yunayted" futbolchisi Markus Reshford variantini ko‘rib chiqmoqda. "Qizil iblislar" 27 yoshli futbolchini qishki transfer oynasida ijaraga berishga tayyor. Neapolliklar ingliz uchun "Milan", "Barselona", "Borussiya Dortmund" va boshqa yuqori maqomga ega Yevropa klublari bilan kurashishlari kerak.