"Barselona" yarim himoyachisi Pedri joriy mavsumning ikkinchi qismi uchun Pau Viktor va Dani Olmoning ro‘yxatdan o‘tgani haqida gapirdi.
- Bu biz uchun juda yaxshi yangilik. Menimcha, ular duch kelgan vaziyat ular uchun juda og‘ir edi. O‘ynay olmasligingizni tushunish qiyin. Men Olmoga tasalli berishga harakat qildim, ayniqsa u men bilan birga kechki ovqat stolida o‘tirganida", - dedi Pedri matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, La Liga ikki marta "Barselona" futbolchilarini ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortgan, biroq Kataloniya rahbariyati baribir sud orqali ijobiy natijaga erisha olgandi.