Hozirda Ruminiya terma jamoasi ustozi Mircha Luchesku so‘nggi ikki yil ichida ikkinchi marta operasiya qilinadi, deb xabar bermoqda Golazo.ro.
Koksartroz, sondagi artikulyar degradasiyasi, 2023 yil bahorida Lucheskuning qattiq betobligiga sabab bo‘lgan va chap son qismida majburiy jarrohlik amaliyoti mutaxassisga yana ta’sir qilmoqda. Bu safar u o‘ng sonini operasiya qiladi.
Manbaga ko‘ra, operasiya oktabr oyida o‘tkazilishi kerak edi, biroq Ruminiya terma jamoasining Millatlar ligasidagi o‘yinlari sabab qoldirilgan. 79 yoshli murabbiy katta ehtimol bilan dekabr oyida operasiya qilinadi.
Luchesku Ruminiya terma jamoasi bilan 2024 yilning avgustida ikki yillik shartnoma imzolagan. Jamoa Millatlar ligasi divizioni guruhida peshqadamlik qilmoqda. Ruminiya 3 o‘yindan keyin 9 ochkoga ega.