Shtefan de Vrey Niderlandiya terma jamoasining Millatlar ligasida Germaniyadan uchralgan mag‘lubiyatga (0:1) baho berdi.
"Bizning hafsalamiz pir bo‘ldi. Ayniqsa, birinchi bo‘limda o‘yinimiz idealdan yiroq edi. Ular pressing qilishdi, ammo biz bosimga dos. berishga qiynaldik va to‘pni ushlab tura olmadik. Tanaffusga qadar gol o‘tkazib yubormaganimizdan omadimiz keldi.
Ikkinchi bo‘limni biroz yaxshiroq o‘tkazdik: to‘pni ko‘proq nazorat qildik, ko‘p vaziyatlar yaratmasak ham yaxshi hujum variantlarini topdik. Burchak to‘pini o‘tkazib yuborganimiz hali ham achinarli", - dedi Niderlandiya terma jamoasi sardori.