"Barselona" vingeri Lamin Yamal nimani orzu qilayotganini aytdi. Futbolchi Chempionlar ligasida g‘olib chiqmoqchi. Yamal "ko‘k-anorranglilar" bilan turnirda g‘alaba qozonishga umid qilmoqda.
"Mening futbol orzum? "Barselona" bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish, - dedi Yamal klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Lamin joriy mavsumda barcha turnirlarda 21 ta o‘yin o‘tkazdi. Futbolchi 6 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ispaniyalik bilan shartnoma 2026 yil iyun oyida tugaydi.