Daniel Maldini Italiya terma jamoasida debyut qildi.
"Monsa" yarim himoyachisi Isroilga qarshi (4:1) Millatlar ligasi o‘yinining 74-daqiqasida Jakomo Raspadori o‘rniga maydonga tushdi.
Maldini Italiya terma jamoasidagi debyutini Paolo Maldinining so‘nggi o‘yinidan 22 yil 118 kun o‘tib o‘tkazdi.
Italiya terma jamoasida tarixda birinchi marta bir oilaning uch avlodidan bo‘lgan futbolchilar maydonga tushdi.