Dortmundning "Borussiya" klubi Lissabonning "Sporting" klubi markaziy himoyachisi Gonsalu Inasiuga taklif tayyorlamoqda.
"Bumbllar" 23 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish majburiyati bilan ijaraga olmoqchi, deb xabar beradi Maisfutebol. Portugaliyalik agent muzokaralar olib borish uchun allaqachon Germaniyaga jo‘nab ketgan.
"Manchester Yunayted" ham Inasiuga qiziqish bildirmoqda, bosh murabbiy Ruben Amorim futbolchi bilan "Sporting"da birga bo‘lgan vaqtlaridanoq yaxshi tanish.
Transfermarkt portali ekspertlari "sherlar" markaziy himoyachisining narxini 45 million yevroga baholamoqda.